Qo‘biz va o‘tov YUNESKOning nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga rasman kiritildi

Bugun biz uchun muhim va tom ma’noda tarixiy kun. Hindistonning Nyu-Dehli shahrida bo‘lib o‘tayotgan Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitaning 20-sessiyasida Qoraqalpog‘istonning ikkita betakror madaniy qadriyati – qo‘biz va o‘tov YUNESKOning Nomoddiy madaniy meros ro‘yxatiga rasman kiritilganini iftixor bilan ma’lum qilaman.

Ushbu xalqaro miqyosdagi e’tirof an’analarimizning naqadar teranligi, ma’naviy merosimizning qudrati va avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni tasdiqlaydi.

Boy merosimizni asrab-avaylash va targ‘ib etishga hissa qo‘shgan barcha mohir ustalar, tadqiqotchilar, an’analarimiz himoyachilari hamda ixlosmandlarga minnatdorchilik bildiraman.
Bu madaniyatimizga daxldor barchaning g‘alabasidir! Biz esa o‘zligimizni bemisl qiluvchi qadriyatlarimizni ko‘z qorachig‘idek saqlagan holda olg‘a qadam tashlashda davom etamiz.

Joylashuvi
REDUX
Был в сети: 10.12 23:59
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие
    Hech nima topilmadi.