-
Нет Отзывов
-
В избранные
Buxoro tumanida turizm va xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish, aholi uchun zamonaviy dam olish maskanlarini yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Bu boradagi sa’y-harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-avgustdagi “Buxoro viloyatida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash, xizmat ko‘rsatish va turizmni rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda.
Ushbu tashabbuslar natijasida aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratiladi, mahalliy tadbirkorlik rivojlanadi hamda Buxoro tumanining turizm salohiyati yanada oshadi. Eng muhimi, fuqarolar va mehmonlar uchun zamonaviy, obod va xavfsiz dam olish maskanlari soni ko‘payadi.
Russian