-
Нет Отзывов
-
В избранные
Qoraqalpoq ayollarining bosh kiyimlari nafaqat bezak, balki yosh, oilaviy holat va jamiyatdagi mavqe ramzi hisoblanadi.
🧍♀️ Saukele – eng hashamatli bosh kiyim
Qizil mato bilan qoplangan
Marjonlar va metall bezaklar bilan bezatilgan
Orqa tomondan uzundan kashtali tasma – halaqa osilgan
📊Töbelik – saukele ustidan taqiladigan kumush bosh bezagi
Qoraqalpoq zargarlik san’atining nodir namunasi
📊Kiyimeshek – turmushga chiqqan ayollar uchun
Qizil kiyimeshek – yosh kelinlar
Oq kiyimeshek – yoshi katta ayollar
📊Taqiya – qizlar uchun maxsus bosh kiyim
Marjon, tangalar va kashtalar bilan bezatiladi
🌍 Avval ayollar salla o‘rab olgan, keyinchalik turli ro‘mollar urf bo‘lgan
🇺🇿 Qoraqalpoq bosh kiyimlari milliy an’ana, estetik did va hunarmandchilikning yorqin namunasidir
📸 Manba: Karlybayev M., Kurbanova Z. Karakalpakский kostyum. Fotoalbom. Nukus: Ilim, 2013
Russian