Назад
“Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi — TITF 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etildi

Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi moliyaviy ko‘magida www.ichkiturizm.uz OAV tomonidan "O‘zbekistonning xalqaro reytinglaridagi o‘rnini oshirishga ko‘maklashish" grant loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyihani hududlarda yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadida  “Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi — TITF 2025” ko‘rgazmasida ishtirok etildi va unda turli tashkilot vakillari bilan uchrashuvlar, prezentatsiya va muzokaralar o‘tkazildi. Natijada www.ichkiturizm.uz OAV hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Turizm qo‘mitaning hududiy 11 ta boshqarmalari, shuningdek, Qozog‘iston va Tojikiston Respublikalarining turizm vakillari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Ushbu hamkorlik hujjatlarining imzolanishi hududlarda yangi turistik ob’ektlarni aniqlash, turmarshrutlar, paketlarni ishlab chiqish, tajriba almashish, hududiy hamda mintaqaviy turizm integratsiya va O‘zbekistonning xalqaro reytinglaridagi o‘rnini oshirish va butun Markaziy Osiyoga keluvchi xorijiy turistlar sonini oshirishdagi muhim qadam bo‘lib hizmat qiladi.

Shu bilan birga, ko‘rgazma davomida 50 ga yaqin hunarmandlar va oshpazlar bilan ochiq muloqotlar tashkil qilindi. Ular tomonidan mahsulotlarni targ‘ib qilish borasida duch kelayotgan muammolari aniqlanib, tegishli yechimlar taklif qilindi.