-
Нет Отзывов
-
В избранные
"Silk Avia" aviakompaniyasi yaqinda yangi shaharlararo reyslarni ishga tushirishi haqida ma'lum qildi.
Farg‘ona-Samarqand-Farg‘ona yo‘nalishida aviaqatnovlar 8-oktabrdan boshlandi. Parvozlar seshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Farg‘onadan jo‘nash: 13:00 - Samarqandga yetib kelish: 14:40
- Samarqanddan jo‘nash: 15:20 - Farg‘onaga yetib kelish: 16:40
Bir tomonlama chipta narxi 312,563 so‘mdan boshlanadi.
Shundan so‘ng, kompaniya Qo‘qon-Buxoro-Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha reyslarni ham boshlaydi. Ular ham seshanba kunlari amalga oshiriladi:
- Qo‘qondan jo‘nash: 11:40 - Buxoroga yetib kelish: 13:30
- Buxorodan jo‘nash: 14:10 - Qo‘qonga yetib kelish: 15:50
Chiptalar narxi 326,771 so‘mdan boshlanadi.
Qo‘qon-Termiz-Qo‘qon yo‘nalishi bo‘yicha reyslar 11-oktabrdan boshlandi va juma kunlari amalga oshiriladi:
- Qo‘qondan jo‘nash: 11:40 - Termizga yetib kelish: 13:40
- Termizdan jo‘nash: 14:20 - Qo‘qonga yetib kelish: 16:05
Chiptalar narxi 355,185 so‘mdan boshlanadi.
Yangi reyslar sayohatchilar uchun qulayliklar yaratadi va mintaqalar o'rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Похожие мероприятие
Russian