Buxoro viloyatining Romitan tumanida joylashgan “O‘ba” turizm qishlogʻining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

 

Marosimda Turizm qoʻmitasi rahbariyati, Romitan tumani hokimligi, Buxoro viloyati turizm boshqarmasi vakillari, shuningdek, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, mahalliy aholi hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

 

Tadbirda mamlakatimizda turizm sohasiga berilayotgan eʼtibor, sayyohlik infratuzilmasini rivojlantirish yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar va turizm qishloqlari orqali hududlar iqtisodiyoti va jozibadorligini oshirish imkoniyatlariga alohida toʻxtalib oʻtildi.

 

Shuningdek, Turizm qoʻmitasi tomonidan “O‘ba” qishlogʻiga “turizm qishlogʻi” maqomi berilganligi toʻgʻrisidagi sertifikat tantanali ravishda topshirildi.

 

Romitan tumani O'ba turizm qishlog'ining ochilish marosimi doirasida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qil!" ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Bunda mahalliy turoperatorlar va tegishli korxona vakillari o'rtasida B2B uchrashuvlari o'tkazilib, mahalliy aholining 2026-yildagi ichki sayohatlarini tashkil etish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.

 

Tadbir doirasida “Xo‘ja Ali Romitaniy” va "Boboyi Matjon" majmualari, "Bukhara Desert Oasis & SPA" turistik klasteri, oilaviy mehmon uylari, hunarmand uylari, suvenir do'konlari va turistik qishloqning boshqa diqqatga sazovor joylari bilan tanishishish maqsadida turizm soha vakillari uchun infotur hamda madaniy va sport tadbirlar tashkil etildi.

REDUX
Был в сети: 10.12 23:59
Все мероприятие автора
  • Электронная почта:
  • Номер телефона:
  • Адрес: alsdjfalsjkf
  • Ответственное лицо: Izzat Corporation
  • Страна: Uzbekistan
  • Похожие мероприятие