Namangan viloyati delegatsiyasi Xitoyda: Тurizm sohasida yangi hamkorlik

 

Safarning ilk kunida Xanchjouda “O‘zbekiston turizmi Xitoyda” xalqaro forumida Namanganning turistik imkoniyatlari, madaniy-tarixiy merosi, ziyorat va ekoturizm yo‘nalishlari bo‘yicha keng qamrovli taqdimot o‘tkazilib, viloyat hokimi o‘rinbosari Botir Nuritdinov hudud turizm salohiyati, infratuzilmasi va xorijiy sayyohlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

 

Xitoyning Xanchjou Sayyohlik agentliklari assotsiatsiyasi Bosh kotibi Chen Jinrong hamda Botir Nuritdinovlar turizmda hamkorlik bo‘yicha memorandumi imzolashdi. Ushbu hujjat ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, qo‘shma turistik loyihalarni amalga oshirish hamda Xitoydan Namangan viloyatiga turistlar oqimini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Tadbirda Xitoyning 100 dan ortiq yetakchi turistik kompaniyalari, turoperatorlar hamda soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.