2030-yilgacha dunyo turizm industriyasining rivojlanishini belgilovchi o‘n global megatrend

Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi 2030-yilgacha dunyo turizm industriyasining rivojlanishini belgilovchi o‘n global megatrendni aks ettiruvchi infografikani tayyorladi. 

🔹Ushbu material Jahon iqtisodiy forumi (WEF), UNWTO, EY Future Travel Behaviours hamda yetakchi xalqaro tarmoq tadqiqotlari ma’lumotlari asosida ishlab chiqilgan.

🔹Infografikada turizm 5.0 raqamlashtirilishi va barqaror ESG-modellarga o‘tishdan boshlab, wellness-segmentning kengayishi, uzoq muddatli sayohatlar (workation, bleisure, raqamli ko‘chmanchilar), xavfsizlikning kuchayishi hamda taassurotlar iqtisodiyotining o‘sishi kabi asosiy global yo‘nalishlar yoritilgan. 

🔹Har bir blok O‘zbekiston uchun mo‘ljallangan aniq tavsiyalar bilan to‘ldirilgan bo‘lib, ular turizm sohasining raqamli transformatsiyasi, turistik bozorlarning diversifikatsiyasi, infratuzilmaning sifatini oshirish, mintaqaviy destinatsiyalarni rivojlantirish va raqobatbardosh turistik mahsulotlar yaratishga qaratilgan.

Mazkur infografika turizm sohasi mutaxassislari, tadqiqotchilar, davlat organlari va investorlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston turizm industrijasining barqarorligi va raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan strategik qarorlar ishlab chiqishda qo‘llanilishi mumkin.