-
Нет Отзывов
-
В избранные
Hurmatli talabalar, chegirmali chiptalar allaqachon sotuvda!
Uzbekistan Airways o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalari va o‘quvchilari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass tariflariga 50% gacha chegirmalar e’lon qiladi.
Chegirma davlat ta’lim muassasasida o‘qiganligini tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi. Bunday ma’lumotnomani quyidagi usullar bilan olish mumkin:
➖YIDXP orqali onlayn;
➖ta’lim muassasasida;
➖yoki "O‘zbekiston Respublikasi Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" DMning elektron tasdiqnomasi shaklida.
Chegirma 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 11-yanvargacha amalga oshiriladigan parvozlar uchun amal qiladi. Bu qishda uyga qulay va arzon narxda yetib olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Aviachiptalarni 50% gacha chegirma bilan hoziroq Uzbekistan Airways Sales filialida, O‘zbekiston hududidagi agentlardan va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin. Yo‘lovchi tarifiga qo‘shimcha ravishda turli soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi, ularga 50% gacha chegirma qo‘llanilmaydi.
Manaba: .me/uzbekistanairways
Russian