Madaniyat, muzey ishi, turizm hamda tarixiy-madaniy merosni asrash yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerova Misr Arab Respublikasining Turizm va qadimiy yodgorliklar vaziri Sherif Fathi Attiya bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

🔹Suhbat mobaynida madaniyat, muzey ishi, turizm hamda tarixiy-madaniy merosni asrash yo‘nalishlarida ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🔹Uchrashuvda, ayniqsa, madaniy boyliklarni repatriatsiya qilish masalalari, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashish, shuningdek, xalqaro madaniy aloqalarni kengaytirishga xizmat qiluvchi qo‘shma ko‘rgazma va madaniy dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari alohida e’tibor markazida bo‘ldi.

t.me/acdfuz